Ajio (ital. aggio), laj — 1) qimmatbaho qogʻozlar, pul belgilari, veksellar birja kursining oʻz nominal qiymatidan ortishi. A., odatda, nomi-nalga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Kursning nominal qiymatga nisbatan pa-sayishi esa dizajio deyiladi; 2) qadri past qogʻoz pulni tangalarga yoki qadri baland valyutaga almashtirishda undiriladigan komission haq; 3) obligatsiyalarni oʻz nominalidan yuqoriroq kurs 209boʻyicha qay-tarib olinishi natijasida ularning narxiga qoʻshiladigan ustama.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil