Ajoyib xayolparast

1977-yilgi oʻzbek sovet filmi

Ajoyib xayolparast“ (ruscha: Великолепный мечтатель) – 1977-yil suratga olingan oʻzbek sovet filmi. Film yozuvchi Odil Yoqubovning „Baxt qushi“ hikoyasi asosida suratga olingan[1].

Ajoyib xayolparast
Rejissyor(lar) Ravil Botirov
Ssenariynavis(lar) D.Bulgakov, Ravil Botirov
Qaysi asarga
asoslangan
„Baxt qushi“ hikoyasi asosida
Rollarda Baxtiyor Ixtiyorov (Hasan)
Aida Yunusova (Tamilla)
Murod Rajabov (Vahob)
Nigora Ernazarova (Sanobar)
Bekzod Hamroev (Karim)
Chiqarilgan sanasi 1977
Davomiyligi 1:16
Mamlakat Oʻzbekiston SSR Oʻzbek SSR
Til oʻzbekcha

Mavzusi

tahrir

Qishloq xoʻjaligida shifokor boʻlib ishlovchi Hasan ismli shaxs film bosh qahramoni. Rafiqasi Tamilani qattiq yaxshi koʻradigan Hasan uning baxtli qilish uchun tinimsiz harakat qiladi. Kunlardan bir kun bemorlardan biri Hasanga quyondan zoʻr daromad kelishini aytib qoladi. Hasan boʻlsa tabiatan xayolparastroq boʻlganligi bois juda katta foyda haqida tunu-kun oʻylay boshlaydi. Oqibatda ham rafiqasiga, ham yaqinlari va qishloq ahliga tobora begona kishiga aylana boradi.

Filmda oʻzbek ayolining mashaqqatli hayot tasvirini oʻzida aks etgani eʼtirof etilgan[2]. Shuningdek, bosh qahramon rolini ijro etgan Baxtiyor Ixtiyorov faoliyati mobaynidagi eng yaxshi rol boʻlganligini oʻz intervyusi orqali aytib oʻtgan[3].

Manbalar

tahrir