Akademik (sifat)
Akademik (sifat) – 1) akademiyaning ilmiy muassasa yoki oliy hamda oʻrtda maxsus oʻquv yurti maʼnosidagi tushunchalariga taalluqlikni bildiradi; masalan, akademik nashr, akademik litsey, akademik yil, akademik soat. Akademik yil – oliy oʻquv yurtlarida mashgʻulotlar boshlanishidan (odatda kuzda) ularning tugashigacha (kelgusi yil yozigacha) boʻlgan vaqt; akademik soat – oʻquv yurtlarida bitta mashgʻulotni oʻtkazishga belgilangan vaqt (odatda 45 min.). 2) Oʻzbekiston va MDHda yetuk ijrochilik jamoalari, teatrlarga beriladigan faxriy nom (qarang Akademik teatr)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |