Akbar Mirzoyev
Akbar Mirzoyev (tojikcha: Акбар Мирзоев, 1939) – Tojikiston Bosh vaziri (1992)[1].
Akbar Mirzoyev | |
---|---|
2-Tojikiston Bosh vaziri | |
Mansab davri 1992-yil 9-yanvardan – 30-avgustgacha | |
Oʻtmishdoshi | Izzatullo Hayoyev |
Vorisi |
Jamshed Karimov(v.b.) Abdumalik Abdullajonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
15-fevral 1939-yil Xatlon viloyati |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirAkbar Mirzoyev 1939-yil Nurekda tugʻilgan.
1960-yil Tojikiston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.
1960-1963-yillarda Sovet armiyasida xizmat qilgan.
1963-yildan 1974-yilgacha melioratsiya va suv resurslari tizimida ishlagan.
1987-yili Koʻlob viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.
1988—1990-yillari Tojikiston Xatlon viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi.
1991-yilgi prezidentlik saylovida Rahmon Nabiyevni qoʻllagan, soʻng Nabiyev hukumatining raisi boʻlgan.
1992-yil 29-avgustda – Tojikiston Respublikasining Germaniyadagi Muvaqqat ishlar vakili etib tayinlandi. 1994-2001-yillarda – Tojikiston Respublikasining Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi boʻlgan.
2007-yilda Tojikiston xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi etib tayinlandi.
Manbalar
tahrir- ↑ „МИРЗОЕВ Акбар“ (ru). www.centrasia.ru. 2018-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.