Abdumalik Abdullajonov
Abdumalik Abdulloyevich Abdullajonov (tojikcha: Абдумалик Абдуллоевич Абдуллоҷонов, 1-yanvar 1949-yil) – Tojikiston bosh vaziri (21-sentyabr 1992 – 18-dekabr 1993)[1][2].
Abdumalik Abdulloyevich Abdullajonov | |
---|---|
Абдумалик Абдуллоевич Абдуллоҷонов | |
Tojikiston Bosh vaziri | |
Mansab davri 1992-yil 20-noyabrdan – 1993-yil 18-dekabrgacha (21-sentyabr 1992-yildan v.b.) | |
Oʻtmishdoshi |
Akbar Mirzoyev Jamshed Karimov(v.b.) |
Vorisi | Abdujalil Samadov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-yanvar 1949-yil Xoʻjand |
Biografiyasi
tahrir1949-yil 1-yanvarda Xoʻjandda tugʻilgan. Uning bobosi – Abdurahmon ibn Muhammad Sulton al Maʼsumiy – Saudiya Arabistoni Qiroli Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saudning maslahatchisi edi.
1971-yilda Odessa texnologiya institutini muhandis-texnolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1971-yilda – Qayroqqum un fabrikasi direktori oʻrinbosari, direktori.
1980-yilda Tojikiston SSR non mahsulotlari vaziri oʻrinbosari, 1986-yilda vazirining birinchi oʻrinbosari, 1987-yilda – vaziri.
1992-yil 21-sentyabrda Tojikiston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
1992-yil 20-noyabrda Tojikiston bosh vaziri etib tayinlandi.
1993-yilda Emomali Rahmon bilan kelishmovchiliklar tufayli isteʼfo berdi.
1993—1994-yillarda Tojikistonning Rossiyadagi elchisi.
1994—1996-yillarda oʻzi tashkil etgan muxolif siyosiy blok rahbari.
1998-yilda Prezident Rahmonga qarshi muvaffaqiyatsiz isyon tashkilotchisi hisoblanadi.
2013-yilda Ukrainaning Borispol xalqaro aeroportida qoʻlga olingan. Shu yil aprelda ozod qilingan.
Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ V aeroportu Kieva zaderjan bivshiy premyer Tadjikistana
- ↑ Хатлонские студенты просят экстрадицию М. Кабири и Д. Атовулоева, 2017-09-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-02-06