Akkerman konvensiyasi
Akkerman konvensiyasi — Rossiya bilan Turkiya oʻrtasida 1826-yil 7-oktabrda Akkerman shahrida tuzilgan shartnoma. 1812-yilgi Buharest sulhinn toʻldirgan. Moldaviya, Valaxiya va Serbiyaning imtiyozlariga rioya qilinishi yuzasidan Turkiya majburiyat olgan. Rossiya savdo kemalariga Turkiya hududiy suvlarida suzib yurish, rus fuqarolariga esa barcha turk viloyatlarida savdo qilish huquqi berildi. Rossiya va unga dust davlatlar 262turk boʻgʻozlaridan ham bemalol foydalanadigan boʻldi. Akkerman konvensiyasi Rossiyaning Yaqin Sharq va Bolqondagi mavqeini mustahkamlashda muayyan rol oʻynadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |