Akridin boʻyoqlar — akridinning yoki 9-fenilakridinning auksoxrom guruhli (ON, NH2, SH va boshqalar) hosilalari. Aromatik mdiaminlarni aldegidlar bilan kondensatsiya qilib, halqalantirib va oksidlab olinadi. Asosli boʻyoqlar jumlasidan; qoʻngʻir, sariq va boshqa ranglarda boʻladi. Akridin boʻyoqlar teri, qogʻoz, yogʻoch va boshqalarni boʻyashda ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil