Akril kislota – toʻyinmagan oddiy karbon kislota. Rangsiz suyuqlik, sirka kislota hidi keladi. Akroleinning oksidlanishidan hosil boʻladi. Qaynash temperaturasi 141°, suyuqlanish temperaturasi 13°. Zichligi 1049 kg/m3. Sanoatda etilensiangidringa sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi. Akril kislota bosmaxona boʻyoqlariga, loklarga qoʻshiladi va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil