Akrom Xoʻjayev
Akrom Xoʻjayev (1927-yil 13-yanvar, Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri – 2009-yil) – sovet davlat va partiya arbobi, geoglogiya-mineralogiya fanlari doktori (1969), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan geolog (1977). 1950-yildan KPSS aʼzosi[1][2].
Akrom Xoʻjayev | |
---|---|
Andijon viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 1964-yil – 1965-yil | |
Oʻtmishdoshi | Poʻlat Qayumov |
Vorisi | Poʻlat Qayumov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1927-yil 13-yanvar Qoʻqon shahri |
Vafoti | 2009-yil |
Fuqaroligi |
SSSR Oʻzbekiston |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Ilmiy unvoni | Geologiya-minerologiya fanlari doktori |
Mukofotlari | |
Unvoni | Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan geolog |
Tarjimai holi
tahrirAkrom Rustamovich Xoʻjayev 1927-yil 13-yanvarda Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida tavallud topgan. 1962-yilda I. M. Gubkin nomidagi Moskva Neft kimyosi va gaz sanoati institutini tugatgan[2]. 1948—1961-yillarda Oʻzbekiston SSR Xalq xoʻjaligi kengashining gaz va neft sanoati boshqarmasida ishlagan. 1961—1965-yillarda Andijon viloyati partiya qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston Xalq xoʻjaligi kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, Andijon viloyati sanoat partiya qoʻmitasi birinchi kotibi, Andijon viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi[3], Oʻzbekiston Xalq xoʻjaligi kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 1965—1985-yillari Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari[3], 1985—1988-yillarda Oʻzbekiston SSR Mineralogiya ministrligi tasarrufidagi Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti katta ilmiy xodimi, 1988—2009-yillari mazkur institutning bosh ilmiy xodimi vazifasida ishlagan. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti aʼzosi. 6—9-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1963—1979-yillar)[1].
Akrom Xoʻjayev 2009-yilda vafot etgan.
Ilmiy faoliyati
tahrirAkrom Xoʻjayevning ilmiy ishlari, asosan, Oʻzbekistondagi neft-gaz konlarining paydo boʻlishi, mineral yoqilgʻi resurslari, ularni qidirib topish va foydalanishning iqtisodiy samaradorligi masalalariga bagʻishlangan. 1969-yilda Akrom Xoʻjayev „Fargʻona vodiysi shimoliy qismining geologik tuzilish xususiyatlari va neft-gazlilik istiqboli“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan[1]. Akrom Xoʻjayev Oʻrta Osiyodagi neft-gaz va yoqilgʻi resurslari hamda geologiya boʻyicha 50 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 6 ta monografiya muallifi hisoblanadi[2]. Akrom Xoʻjayev Moskva (1971, 1976), Nice (1973), London shaharlarida (1976) oʻtkazilgan neft-gaz kongresslari ichtirokchisi.
Asarlari
tahrir- Geologiya i neftegazonosnost Severnoy Fergani. (ruscha: Геология и нефтегазоносность Северной Ферганы.) (1969);
- Mineralniye toplivniye resursi Uzbekistana i ekonomika ix ispolzovaniya. (ruscha: Минеральные топливные ресурсы Узбекистана и экономика их использования.) (1972);
- Neftyaniye i gazoviye mestorojdeniya Uzbekistana. (ruscha: Нефтяные и газовые месторождения Узбекистана.) (2 tomlik, 1973—1974);
- Toplivno-energeticheskie kompleksi Sredneaziatskogo ekonomicheskogo rayona. (ruscha: Топливно-энергетические комплексы Среднеазиатского экономического района.) (1974);
- Ekonomicheskaya effektivnost poiskovix i razvedochnix rabot na neft i gaz v Uzbekskoy SSR. (ruscha: Экономическая эффективность поисковых и разведочных работ на нефть и газ в Узбекской ССР.) (1976)[1].
Unvon va mukofotlari
tahrir- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan geolog (1977);
- ChSSR Energetika va yoqilgʻi vazirligi faxriy xodimi;
- Lenin ordeni (1959);
- "Hurmat belgisi" ordeni (1981);
- Oktabr inqilobi ordeni (1981);
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1965, 1971, 1973);
- „Yerosti boyliklari qidiruvidagi xizmati uchun“ medali[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 OʻzSE 1979, s. 413
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Akrom Xoʻjayev“ (rus tilida). 2015-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Akrom Xoʻjayev“ (rus tilida). 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, XII tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1979 — 656-bet.