Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti (ruscha: Верховный Совет Узбекской Советской Социалистической Республики) — SSSR tarkibidagi Oʻzbekiston SSR Oliy qonunchilik va vakillik organi. 1938-yildan to 1991-yil 31-avgustga qadar amalda boʻlgan. 1991-yildan keyin Oʻzbekiston Oliy Kengashiga aylantirilgan. Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining oʻtmishdoshi Yoʻldosh Oxunboboyev boshqargan Oʻzbekiston SSR Markaziy ijroya qoʻmitasi hisoblanadi.

Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti
Ўзбекистон ССР Олий Совети
Oʻzbekiston SSR gerbi
Tip
Tip Sovet
Palatalar Bir palatali
Tarixi
Asos solingan sanasi 1938-yil
Tugatilgan sanasi 1991-yil 31-avgust
Oʻtmishdoshi Oʻzbekiston SSR Markaziy ijroya qoʻmitasi
Vorisi Oʻzbekiston Yuqori Kengashi
Tuzilma
Aʼzolar 500 nafar xalq deputatlari (oxirgi chaqiriqlarda)
Ovoz berish tizimi Aralash

Chaqiriqlar tahrir

53 yil davomida faoliyat yuritgan Oliy Sovet davrida 12 ta chaqiriq amalga oshirilgan:

1-chaqiriq — 1938—1946-yillar
2-chaqiriq — 1947—1950-yillar
3-chaqiriq — 1951—1954-yillar
4-chaqiriq — 1955—1959-yillar
5-chaqiriq — 1959—1962-yillar
6-chaqiriq — 1963—1966-yillar
7-chaqiriq — 1967—1970-yillar
8-chaqiriq — 1971—1974-yillar
9-chaqiriq — 1975—1979-yillar
10-chaqiriq — 1980—1984-yillar
11-chaqiriq — 1985—1989-yillar
12-chaqiriq — 1990—1991-yillar

 
Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlik nishoni

Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining soʻnggi, 12-chaqirigʻi uchun saylovlar 1990-yilning fevral—aprel oylarida oʻtkazilgan. Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti bir palatali parlament hisoblangan. Uning soʻnggi sessiyalarida respublikaning barcha hududlaridan saylangan turli millatga mansub 500 nafar xalq deputatlari ishtirok etgan. 12-chaqiriq 1990-yilda Islom Karimovni prezident sifatida saylagan va 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekistonni mustaqil deb eʼlon qilgan chaqiriq sifatida tarixda qolgan.

1991-yil 31-avgustda, mustaqillik eʼlon qilinishi davrida Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetiga Shavkat Yoʻldoshev raislik qilgan. U raislik lavozimida 1993-yilgacha faoliyat olib borgan.

Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti raislari tahrir

Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti raislari: Usmon Yusupov, Nuriddin Muhiddinov, Obid Sodiqov, Poʻlat Habibullayev, Mirzaolim Ibrohimov

Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari tahrir

Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari: Yoʻldosh Oxunboboyev, Abduvali Moʻminov, Sharof Rashidov, Yodgor Nasriddinova, Nazar Matchonov, Inomjon Usmonxoʻjayev

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Adabiyotlar tahrir

„Верховный Совет Узбекистана“. nrm.uz. 2020-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-mart.