Aks ettirish — mat. tushunchalaridan biri. Ikki ixtiyoriy X va Y toʻplam hamda biror qonun (qoida) be-rilgan boʻlib, bu qonunga binoan X ning har bir x elementiga Y ning aniq bir u elementi mos qoʻyiladi. Bu holda X toʻplam Y toʻplamga aks ettirilgan dey-ilib, quyidagicha belgilanadi: f:x->y yoki X da aniqlangan va qiymatlari sohasi U boʻlgan u — f(x) operator berilgan deyiladi. Moslik oʻrnatiladigan qonun analitik, grafik, jadval va hokazo tarzida berilishi mumkin.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil