Aks sado — tovushning biror toʻsiqqa urilib undan qaytishi. Aks sado tovush chiqqan paytdan kamida 0,05- 0,06 s keyin kelsagina eshitiladi. Aks sado tabiatda togʻli, oʻrmonzor yoki stadi-on singari joylarda koʻproq roʻy beradi. Radio Aks sadoradiolokatsiyada, tovush Aks sado esa gidrolokatsiya va ultratovush defektoskopiyada qoʻllanadi. Dengizlar chuqurligini aniqlash (exolot) va suv tagidagi jismlarning oʻrnini bel-gilash Aks sado sta asoslangan. Aks sado ayrim hayvonlar, mas, koʻrshapalaklar uchun oʻz yoʻnalishlarini aniqlash, toʻsiqlarni aylanib oʻtish hamda oʻziga yemak qidirib topishda muhim oʻrin egallaydi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil