Akselerator (lotincha accelero — tezlataman) — ichki yonuv dvigateliga kar-byuratordan silindrga keladigan yonuvchi aralashma miqdorini yoki dizellarda nasosdan keladigan yonilgʻi miqdorini rostlab turuvchi moslama. Dvigatel va-lining aylanishlar sonini oʻzgartirish (oshirish yoki kamaytirish)ga, yaʼni transport mashinasi harakat tezligini oʻzgartirishga moʻljallangan. Akselerator karbyurator (yoki nasos)ga tros yoki tortqi bilan ulanadi. Avtomobilda oʻng tomondagi birinchi tepki yordamida boshqariladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil