Aksept (lotincha, acceptus — qabul qilingan) — 1) fuqarolik huquqida taklifda (ofertada) koʻrsatilgan shartlar-285da shartnoma tuzishga rozilik bildirish; xalqaro huquqda shartnoma shartlari bilan bogʻlanganlik toʻgʻrisida bir tomonlama ariza; 2) naqd pulsiz olib boriladigan hisob-kitobning asosiy shakli; tovarlar, xizmatlar, bajarilgan ishlar haqini taqdim etilgan toʻlov talabnomasiga muvofiq toʻlashga rozilik yoki toʻlashni kafolatlash. Mahsulot (xizmat) yetkazib beruvchi tomonidan toʻlov talabnomasi yozilib, toʻlov summasini xaridor hisob varagʻidan oʻz hisob varagʻiga oʻtkazish uchun bankka taqdim etiladi. Bankda toʻlov talabnomasini qondirish toʻlovchi Aksept (roziligi) bilan oʻtkaziladi. Belgilangan qoidaga koʻra toʻlovchi talabni Aksept qilishi yoki yozma ravishda rad etishi mumkin. Akseptni asossiz rad etgan toʻlovchi yetkazib beruvchi hisobiga jarima toʻlaydi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil