Aksessor minerallar (lotincha, accessorius — qoʻshimcha) — togʻ jinslarining tarkibida miqdor jihatdan oz uch-raydigan, lekin sifat jihatdan baʼzan muhim ahamiyatga ega boʻlgan minerallar. Dastlab tasodifiy qoʻshimcha minerallar deb (nomi ham shundan) hisoblangan. Keyinroq Aksessor minerallar togʻ-jinslarining qonuniy qismi ekanligi va uning asosida togʻ jinslarining oʻzaro oʻxshashligi va kelib chiqishini aniqlash mumkinligi ayon boʻldi. Aksessor minerallarga sirkon, apatit, rutil, anataz, ksenotim va boshqa kiradi. Aksessor minerallar assotsiatsiyalari biror petrografik provinsiyadagi har xil jinslarni oʻzaro taqqoslash hamda turli rayonlardagi choʻkindi jinslarning yoshini aniqlash va chaqiq jinslarning manbai va tarixini oʻrganish uchun qoʻllanadi. Soʻnggi vaqtlarda Aksessor minerallar assotsiatsiyalariga asoslanib, magmatik jinslarning fazalari ham aniqlanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil