Aksial-porshenli nasos — rotori aylanma va porshenlari (7-9 ta) ilgarilama-qaytma harakat qiladigan rotorli nasos. Rotorining aylanish oʻqi porshenlar oʻqi bilan 0-45° burchak tashkil qiladi (rasmga q.). Suyuqlikni haydash bosimi — 30 MPa. Gidravlik uzatmalar, kuch nazorat yuritmalarida qoʻllaniladi, gidravlik dvigatel sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil