Aksinit
Aksinit (yunoncha, axine — bolta; kristalining shaklidan olingan) — mineral. Rangi koʻpincha moviy yoki bi-nafsha rangda tovlanuvchi qoʻngʻir tusda. Kristallar, druzalar, massalar holida boʻladi. Aksari temir, mis, polimetall, qalay va marganes rudalari bilan birga uchraydi. Aksinit bor elementi olish uchun xom ashyo boʻlishi mumkin[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |