Bosh menuni ochish

Aksirish, tushkirish – organizmning himoya reaksiyalaridan biri. Yot jismlar (chang, shilliq modda, achchiq, qo‘lansa islar va boshqalar) burun bo‘shlig‘idagi shilliq qavatning nerv hujayralariga ta’sir etishi natijasida A. sodir bo‘ladi. Ta’sirlovchilar uch tarmoqpi nervning burun bo‘shlig‘ida joylashgan sezuvchi nerv oxirlariga ta’sir etadi. Bunga javoban kishi reflektor tarzda chuqur nafas oladi. So‘ngra yumshoq tanglay ko‘tarilib, bu-running ichki teshigini berkitadi, natijada ko‘krak bo‘shlig‘ida bosim oshib ketadi. Shundan keyin burunning ichki teshigi birdan ochilib, to‘planib qolgan havo burun orqali chiqib ketadi. Shilliq qavatni ta’sirlab turgan yot modda ham havo bilan chiqadi. A. ba’zi kasalliklar (mas, gripp, tumov va boshqalar)ning boshlang‘ich bel-gisi bo‘lishi ham mumkin.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil