Aksiyador — aksiyaning egasi, undan naf koʻruvchi yuridik yoki jis-moniy shaxs. A. aksiyadorlik jamiyatining aʼzosi, oʻz aksiyasini tasarruf eta oladi. A. ayrim fuqaro, firma, korxo-na, bank, turli investitsiya fondlari, davlat (hukumat) va jamoat tashkilotlari boʻlishi mumkin. Qoʻlidagi aksiya miqdori va turiga qarab A.larning maqomi har xil boʻladi (ayrimlari faqat daromad olishi, ayrimlari kor-xona boshqaruvida ishtirok etishi mum-kin). A. aksiya chiqargan korxonaning hamkorlikdagi egasi hisoblanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil