Aktinolit, nur sochuvchi tosh (lot. actis – nur, lithos – tosh) – amfibollar guruhidan boʻlgan jins hosil qiluvchi mineral. Ba’zan MpO aralashmasi bilan uchraydi (manganaktinolit). Kattiqkigi 5–6. C. ogʻ. 3,2–3,3. Rangi och yashildan toʻq yashilgacha. Shishasimon yaltiroq. Mo-noklin sistemasida kristallanadi. Radial-nursimon agregatlarga toʻplangan choʻziq, ignasimon va ipsimon kristallar hosil qiladi. Uning zich turi nefrit deb ataladi. A. skarnlarda, magmatik va me-tamorfik jinslarda uchraydi. Kislotaga chidamli material tayyorlashda ishlatiladi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil