Aktiv
Aktiv (lotincha, activus — faol, taʼsirchan, ishchan) — 1) buxgalteriya balansining chap qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini, ularning tarkibi va joylashuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul vositalari, kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari va boshqalar) aks ettiradi; 2) korxona yoki tashkilotning mulki yoki resurslari (bino, mashina, nakd pul, qimmatbaho qogʻozlar va boshqalar). Pulga tez sotilishi (aylanishi) mumkin boʻlgan, bozori chaqqon aktiv (veksellar, qimmatbaho qogʻozlar, oltin, naqd pul va boshqalar) likvid aktiv deyiladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |