Aktualizm (geologiyada), aktu-alistik metod (ing. aktual — zamona-viy haqiqiy, amalda mavjud) — Yer taraqqiyotining tarixini oʻrganish uchun qullaniladigan qiyosiy-tarixiy metod. A. oʻtmishdagi geologik jara-yonlar hamda ular natijasida roʻy bergan hodisalar hozirgi zamonda boʻlayotgan jarayon va hodisalarga oʻxshash degan fikrga asoslangan. Shunga asosan, hozirgi zamonda boʻlib turadigan geologik ja-rayonlar, muhitlar va ular natijasida kelib chiqqan hodisalarni (hozirgi zamon choʻkindilari, vulkan mahsulotlari, re-lef va hokazo) oʻtmishda paydo boʻlgan jin-slarga, organik choʻkindilarga, relef shakllariga taqqoslash yoʻli bilan oʻtmish geologik davrlarda boʻlib oʻtgan geologik jarayonlar va tabiiy geografik sharo-itlar taxminan aniqlanadi. Ammo Yer doim taraqqiy etib turganligidan oʻtmish geo-logik ja-rayonlarini hozirgi jarayonlar bilan tuda taqqoslab boʻlmaydi. Baʼzi bir ja-rayonlar ayrim geologik davr uchungina xos. Shuning uchun Yerning oʻtmish tari-xidagi geologik jarayonlarni hozirgi vaqtda kuzatilayotgan geologik jarayonlar bilan aynan taqqoslash unchalik toʻgʻri emas. A. termini nemis geol. adabiyotida 19-asr 2-yarmida paydo boʻlib, 20-asr 20-yillaridan ommalashdi. A. kurtaklari in-sonning dastlabki bilimlari vujudga kelgan davrda, eng kad. afsonalarda va yozma manbalarda uchraydi. Keyinroq geo-logik tarixni tushuntirishda A.dan Ibn Sino, Beruniy, 18-asr oʻrtalaridan Rossiyada M. V. Lomonosov, Buyuk Britaniyada J. Getton va boshqa foydalandilar. A.ning birinchi shaklini hozirgi uniformizm deb ataydilar. A. ilmiy prinsip sifatida 19-asr 1-yarmida ingliz olimi Ch. Layelning „Geologiya asoslari“ asarida olgʻa surilgan. U katta dalillarga asoslanib, A.ni geologiyani oʻrganish usuli tariqasida tavsiya qildi. Layelning fikricha, oʻtmish geologik jarayonlar hozirgi zamon jarayonlaridan hech farq qilmaydi. Baʼzi bir xorijiy mamlakat geologlari hozir ham shunday fikrdalar. Uniformizmga hozirgi geologik dunyokarash sifatida geologik taffakkoʻrning bosib oʻtilgan davri deb qaraladi. Oʻzbekistonda yosh yotqiziklarni oʻrganish asosida qad. davr choʻkindilarining hosil boʻlish sharoitlarini aniqlash sohasida koʻpgina ishlar qilingan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil