Akustik filtr — maʼlum takroriylik (chastota)li tovushni ajratib oʻtkazadigan yoki yutib qoladigan akustik qurilma. Eng oddiy Akustik filtr — akustik rezonator. Akustik filtr nazariyasi elektr filtr nazariyasi asosida ishlab chiqilgan. Boshlangʻich takroriylikdan maʼlum takroriylikkacha boʻlgan barcha tovush tulqinlarini oʻtkazadigan Akustik filtr past ta-kroriylikli, maʼlum takroriylikdan yuqori tovush toʻlqinlarini oʻtkazadigan Akustik filtr yuksak takroriylikli va past takroriylik bilan yuksak takroriylik orasidagi tovush toʻlqinlarini oʻtkazadigani polosali Akustik filtr deyilib, u past va yuqori takroriylikli akustik filtrlardan iborat boʻlishi mumkin. Akustik filtr shovqinlarni kamaytirish maqsadida texnikada, meʼmorchilik va qurilishda keng tatbiq qilinadi (masalan, avtomobil soʻndirgichlari)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil