Akustik rele
Akustik rele – tovush tebranishlari takroriyligi (chastotasi) oʻzgarishlarini, akustik bosim yoki materiallarning koʻrsatkichlari (yutish va qaytarish koeffitsiyentlari) oʻzgarishini sezadigan qurilma. Mexanik va elektr taʼsir usullariga asoslangan xillari bor. Meʼmorlik akustikasi, qurilish akustikasi va boshqa sohalarda qoʻllanadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |