Akustik shovqin
Akustik shovqin — garmonik boʻlmagan tovush toʻlqinlari. Turmushda Akustik shovqin nutq va musiqani toʻgʻri eshi-tishga xalaqit beruvchi turli tovushlar shaklida uchraydi. Akustik shovqin kuyidagi turlarga ajraladi: 1) qattiq jismlar teb-ranishi natijasida vujudga keladigan mexanik shovqin; 2) harakatlanayotgan gaz, bugʻ yoki suyukliklarda uyurma oqimlar qatlamining turli tezlik bilan harakatlanishi tufayli hosil boʻladigan a er o yoki gidrodinamik shovqin; 3) gazlarning yonishi natijasida yuz beradigan uyurma oqim va zichlik oʻzgarishlaridan hamda portlash yoki razryad paytida qisqa vaqtda bosimning ortishi tufay-li vujudga keladigan termik shovqin; 4) suyuqlikdagi pufakchalarning yorilishi natijasida hosil boʻladigan ka-vitasion shovqin. Tutash spektrli shov-qin „oq shovqin“ deyiladi. Akustik shovqinni nazariy oʻrganishda ehtimollik naza-riyasiga asoslangan statistik fizika qonunlaridan foydalaniladi. Akustik shovqinni oʻrganishdan asosiy maqsad uning manba-281larini aniqlab, odam organizmiga hamda baʼzi bir tizimlarga koʻrsatadigan sal-biy taʼsirini kamaytirishdan iborat. Akustik shovqin xossalari turli analizatorlar yordamida aniqlanadi. A.shahrining eshitish aʼzolariga taʼsiri uning jadalligi va takroriyligiga bogʻliq. Uzoq vaqt taʼsir etuvchi Akustik shovqin kishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, charchashni kuchaytirib, ish qobiliyatini pasaytiradi. Jadalligi 80-90 db va tarkibida past takroriylikli tovushlardan tashqari ultrato-vush takroriylikli tovushlar boʻlgan Akustik shovqin taʼsirida kishining asabi buzilishi natijasida oshqozon va ichak yarasi, gipertoniya va boshqa kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Odatda, sanoat korxonalari va qurilish muassasalarida Akustik shovqinni kamaytirish choralari koʻriladi. Baʼzan, Akustik shovqindan xabarchi (signal) sifatida foydalaniladi. Mas, suv osti kemasining yaqinlashuvini undan tarqaladigan Akustik shovqindan sezish mumkin[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |