Akustika materiallari
Akustika materiallari — tovush yutuvchi va qaytaruvchi materi-allar. Akustika materiallarining tovush yutuvchanligi ulardagi gʻovaklarning yirik-maydali-giga va tutash-tutashmasligiga bogʻliq. Gʻovak betonlar, koʻp qatlamli gips tax-talar, akustik suvoq (gʻovak toʻldirgich va bogʻlovchi asosida tayyorlangan qorishma), mineral paxta va undan ishlangan na-mat, yogʻoch qipigʻidan va asbest-kartondan tayyorlangan taxtalar, qamish va somon taxtalar Akustika materiallari hisoblanadi. Bu mate-riallar sukunat talab etiladigan xona devorlariga va sanoat uskunalari tagiga qoʻyishda ishlatiladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |