Akustoelektronika
Akustoelektronika — aku-stikaning qattiq jism akustikasi, yarim-oʻtkazgichlar fizikasi va radio-elektronika chegarasidagi qismi. A. radiosignallarni oʻzgartirish va ularga ishlov berish uchun UT (ultratovush) qurilmalarini yaratish prinsiplarini tadqiq qilish bilan shugʻullanadi. OʻYUT (oʻta yuqori takroriylik)li signalni toʻlqin uzunligi 105-marta kichik boʻlgan tovush signaliga aylantirish unga ish-lov berishni ancha yengillashtiradi. Signallar ustida amallarni bajarish uchun UTning oʻtkazuvchanlik elektronlari, elektromagnitik maydonlar, op-tik nurlanishlar, shuningdek, akustik toʻlqinlarning nochiziqli oʻzaro taʼsirlaridan foydalaniladi. Akustoelektron qurilmalar sig-nallar ustida quyidagi amallarni ba-jarish imkonini beradi: vaqt mobaynidagi oʻzgartirishlar (signallarni tutib turish, ularning davomiyligini oʻzgartirish), takroriylik (chasto-ta) boʻyicha va fazaviy oʻzgartirishlar (fazalarni siljitish, takroriylik va spektrni oʻzgartirish), amplitudani oʻzgartirish (kuchaytirish, modulyatsiya-lash), shuningdek, murakkabroq funksional oʻzgarishlarni amalga oshirish (integrallash, kodlash va kodsizlash, yigʻuv funksiyalarini hosil qilish, sig-nallarni korrelyatsiyalash va boshqalar). Bunday muolajalarni, koʻpincha, radiolokatsiyada, uzoq aloqa texnikasida, avtomatik boshqaruv tizimlarida, hisoblagich va boshqa radioelektron qurilmalarda bajarish lozim. Koʻpchilik hollarda radioelek-tron usullar ushbu amallarni ancha sodda va tejamli yoʻllar bilan amalga oshirish imkonini beradi. Ishlash zaminida yotuvchi fizik prinsiplar va vazifalariga koʻra, akustoelektron qurilmalar signallar chiziqli oʻzgartiriladigan (tutib qolish liniyalari, filtrlar va boshqalar) suct chiziqli qurilmalarga, faol chiziqli qurilmalarga (signal kuchaytirgichlari va generatorlari) hamda signalning generatsiyasi, modulyatsiyasi, oʻzaro koʻpaytirilishi va boshqa oʻzgarishlari sodir boʻladigan nochiziqli qurilmalarga boʻlinadi. Ad.: Gulyayev Yu. V., Akustoelektronnie ustroystva dlya sistem svyazi i ob-rabotki informatsii, [v kn.: Problemi sovremennoy radiotexniki i elektroniki], M., 1980; Xayasaka Tetsuo, Elektro-akustika, pers yapon. I. I. Ivanchika, M., 1982; Pavlovskaya V. I. i dr., Akustika i elektroakusticheskaya apparatura, M., 1986[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |