Akustooptika
Akustooptika – akustikaning fizika bilan texnika orasidagi sohasi; elektromagnitik toʻlqinlarning tovush toʻlqinlari bilan oʻzaro taʼsiri oʻrganiladi hamda bu hodisalarning texnikada qoʻllanish asoslari ishlab chiqiladi. Yorugʻlikning tovush bilan oʻzaro taʼsiridan optikada, optoelektronikada, lazer texnikasida kogerent yorugʻlik nurlanishini boshqarishda foydalaniladi. Akustooptik qurilmalar yorugʻlik signalining amplitudasini, takroriy-ligi (chastotasi)ni, qutblanishini spek-tral tarkibini hamda yorugʻlik nurining tarqalish yoʻnalishini bosh-qarishga im-kon beradi. Akustooptik effektlarning muhim amaliy qoʻlanish sohasi OʻYUT (oʻta yuqori tovushlar) – signallarga chin vaqt koʻlamida ishlov berish tizimlaridir. Tovush toʻlqini vujudga keltirgan mexanik qayishishlar taʼsirida muhit optik xossalarining fazoviy modulyatsiyasi yuzaga kelib, uni fotoqayishish ef-fekti deyiladi. Bunda muhitning optik xossalari tovush toʻlqini takroriyligida oʻzgaradi. Akustooptik oʻzaro taʼsir effektlari fizika tadqiqotlarida ham-283da texnikada qoʻllanadi. UT (ultra tovushlar)dagi yorugʻlik difraksiyasi UT – maydonlarning mahalliy harakteristikalarini aniqpash imkonini beradi. Optik nurlanishning past jadalli-gida akustooptik oʻzaro taʼsirlar faqat optik refraksiya va difraksiya effektlariga olib keladi. Nurlanish jadal-ligi ortishi bilan muhitga nurlanishning nochiziqli taʼsirlari koʻproq rol oʻynay boshlaydi. Tovushning optoakustik generatsiyasi asosida fotoakustik spektroskopiya usuli yaratilgan. UT larda yorugʻlikning difraksiyasi va refraksiyasi ef-fektlari asosida yorugʻlikning barcha koʻrsatkichlarini boshqarish imkonini beruvchi faol optik elementlar yaratilgan. Ad.: Fizicheskaya akustika (ing. tilidan tar-jima), 7- jild, M., 1974; Rebrin Yu. K., Upravleniye opticheskimi lucha-mi v prostranstve, M., 1977; Magdich L. N., Molchanov V. Ya., Akustoopticheskiye ustroytsva i ix primeneniye, M., 1978[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |