Akvanitlar — ammiak selitrasi va trotil asosidagi suvga toʻyintirilgan plastik portlovchi moddalar. Portlashda ajraladigan issiqligi 4,6 Mj/kg. Mexanik taʼsirlarga ancha chidamli. Gaz va chang jihatidan xavfsiz shaxtalar va konlarda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil