Al-Anbar muhofazasi

Iroq maʼmuriy hududi

Al-Anbar muhofazasi (arabcha: محافظة الأنبار) yoki Anbar muhofazasi, hududi boʻyicha Iroqdagi eng yirik muhofazadir. Mamlakat gʻarbiy hududining katta qismini oʻz ichiga olgan va Suriya, Iordaniya va Saudiya Arabistoni bilan chegaradosh. Aholisi asosan sunniy musulmonlardir. Muhofaza markazi – Ramadi; Falluja va Al-Qaʼim muhim shaharlardir.

Al-Anbar muhofazasi
محافظة الأنبار
muhofaza
Maʼmuriy markazi Ramadi
Yirik shahari Ramadi
Boshqa yirik shaharlari Ramadi, Falluja, Al-Qaʼim
YAIM 0.684
Rasmiy tillar arabcha
Aholi 1,771,656 kishi
Maydoni 138,501 km²
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi
 Oʻrtacha balandligi
 Eng past joyi


 450 m
 45 m
 35 m
Uzunligi 113 km
Vaqt mintaqasi Arab Standart mintaqasi
Xaritada
Al-Anbar muhofazasi xaritada
32°54′0″N 41°36′0″E / 32.90000°N 41.60000°E / 32.90000; 41.60000

Muhofaza 1976-yilgacha Al-Anbar muhofazasi deb oʻzgartirilguniga qadar Ramadi deb atalgan, 1962-yilgacha esa dulayim nomi bilan tanilgan. muhofaza aholisining katta qismi sunniy musulmonlar boʻlib, aksariyati arab tilida gaplashadigan dulayim qabilasiga mansubdir.

2014-yil boshida „Islomiy davlat“ baʼzi mahalliy sunniy jangarilar koʻmagida muhofaza ustidan nazoratni Iroq hukumatidan tortib olish uchun muvaffaqiyatli kampaniya boshlagan. Iroq hukumati tomonidan mahalliy sunniy qabilalar koʻmagida ISHIDning muhofazadagi ishgʻolini bartaraf etish uchun koʻplab hujumlar amalga oshiriladi – Anbar kampaniyasi (2015—2016), Gʻarbiy Anbar hujumi (2017-yil sentabr) va 2017-yilgi Gʻarbiy Iroq kampaniyasi shular jumalsidadndir. Hudud 2017-yil oxiriga kelib samarali tarzda qaytarib olingan va oʻshandan beri tinchlik hukm surmoqda.

Havolalar

tahrir