Al-Anbar muhofazasi
Al-Anbar muhofazasi (arabcha: محافظة الأنبار) yoki Anbar muhofazasi, hududi boʻyicha Iroqdagi eng yirik muhofazadir. Mamlakat gʻarbiy hududining katta qismini oʻz ichiga olgan va Suriya, Iordaniya va Saudiya Arabistoni bilan chegaradosh. Aholisi asosan sunniy musulmonlardir. Muhofaza markazi – Ramadi; Falluja va Al-Qaʼim muhim shaharlardir.
muhofaza | |
---|---|
Maʼmuriy markazi | Ramadi |
Yirik shahari | Ramadi |
Boshqa yirik shaharlari | Ramadi, Falluja, Al-Qaʼim |
YAIM | 0.684 |
Rasmiy tillar | arabcha |
Aholi | 1,771,656 kishi |
Maydoni | 138,501 km² |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi Oʻrtacha balandligi Eng past joyi |
450 m 45 m 35 m |
Uzunligi | 113 km |
Vaqt mintaqasi | Arab Standart mintaqasi |
Xaritada | |
32°54′0″N 41°36′0″E / 32.90000°N 41.60000°E |
Muhofaza 1976-yilgacha Al-Anbar muhofazasi deb oʻzgartirilguniga qadar Ramadi deb atalgan, 1962-yilgacha esa dulayim nomi bilan tanilgan. muhofaza aholisining katta qismi sunniy musulmonlar boʻlib, aksariyati arab tilida gaplashadigan dulayim qabilasiga mansubdir.
2014-yil boshida „Islomiy davlat“ baʼzi mahalliy sunniy jangarilar koʻmagida muhofaza ustidan nazoratni Iroq hukumatidan tortib olish uchun muvaffaqiyatli kampaniya boshlagan. Iroq hukumati tomonidan mahalliy sunniy qabilalar koʻmagida ISHIDning muhofazadagi ishgʻolini bartaraf etish uchun koʻplab hujumlar amalga oshiriladi – Anbar kampaniyasi (2015—2016), Gʻarbiy Anbar hujumi (2017-yil sentabr) va 2017-yilgi Gʻarbiy Iroq kampaniyasi shular jumalsidadndir. Hudud 2017-yil oxiriga kelib samarali tarzda qaytarib olingan va oʻshandan beri tinchlik hukm surmoqda.