Arablar, al-arab — Gʻarbiy Osiyo va Shimoliy Afrikadagi arab mamlakatlarida yashovchi xalqlar guruhi. Umumiy soni 199 mln. kishi (1992). A., asosan Afrika va Osiyo mamlakatlarida: Misr, Sudan, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Livan, Suriya, Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Yaman va boshqa yerlarda yashay-di, bu mamlakatlar aholisining qariyb 80% ini tashkil qiladi. Katta yevrope-oid irqiga mansub. Arab tilida suzla-shadi. A. koʻpchiligi sunniylar. Bundan tashqari, A. ichida musulmon dinining bir qancha mazhablari mavjud; shialar — Iroq, Yaman, Suriya va Livanda; ibo-diylar — Shimoliy Afrikada; zaydiya va is-moiliylar — Shimoliy va Sharqiy Iroqda, Livanning togʻli tumanlarida yashaydilar. Misr, Livan, Suriya va Iordaniyada yashovchi A.ning bir qismi xristian di-niga eʼtiqod qiladi. Asl vatani Ara-biston yarim orol Miloddan avvalgi 1-ming yillikda va milodning dastlabki yillarida A. Su-riya, Iroq, Shimoliy Afrika yerlariga kelib joylashgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda dastlabki arab davlatlari — Palmi-ra (Tadmor), Nabateya va Lihyon vujudga kelgan. 5-asrda bir qancha arab davlatlari (Gʻasson va Laxm; Shimoliy Arabistonda) paydo buladi. 6 — 7-asrlarda ayrim arab elatlari tashkil topdi. 7-asrda Arab xalifaligi barpo etildi. A.ning xalifalik hududidagi boshqa xalqlar bilan arala-shib ketishlari natijasida yangi elatlar va davlatlar (Falastin, Suriya, Livan (Lubnon), Iroq, Misr va Shimoliy Afrika davlatlari) yuzaga keldi. Oʻrta Osiyo arablari — Oʻrta Osiyo davlatlarida yashovchi, oʻzlarini arab deb yurituvchi etnik guruh. Ajdodlari 7 — 14-asrlar davomida kelib oʻrnashib qolgan. Oʻzbek, turkman va tojik millatining tarkibiga kirgan. Oʻrta Osiyo arablari asosiy qismi Oʻzbekistonning Buxoro, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida, shuningdek Fargʻona vodiysi shimoli-sharqiy qismida yashaydi. 2 guruhga bulinadi: shayboniy va sanoniy. Oʻrta Osiyo arablari oʻzlarining qadimgi madani-yatlari, urf-odatlarining ayrim belgilarini saqlab qolganlar. Arab tili ikkinchi til sifatida ayrim qishloqlarda hozirgacha qoʻllanib kelinadi. Bularning shevalarida yerlik xalqlar tilining taʼsiri juda kuchli. Oʻrta Osiyo arablari xoʻjaligida chorvachilik muhim oʻrin tutadi. Suvli yerlarda yashaydigan A. dehqonchilik qiladi. Oʻzbekistonda A. nomi bilan bogʻliq koʻplab joy nomlari mavjud.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Belyayev Ye. A., Arabi, islam i arabskiy xalifat v rannee sredneveko-ve, 2-ye izd., 1966; Narodi Sredney Azii i Kazaxstana, ch. 2, M., 1963; Volin S. A., K istorii sredneaziatskix arabov, v sb.: Trudi IVAN, v. 36, M.-L., 1941.