Al-Azim masjidi
Al-Azim masjidi (malaycha: Masjid Al-Azim) – Malayziyadagi Malakka davlat masjidi. Bino Malakka umumiy kasalxonasi, Malakka al-Qur’on muzeyi va Davlat qahramonlari maqbarasi (malaycha: Makam Pahlawan Negeri) yonida joylashgan boʻlib, Tranquerah sobiq davlat masjidi oʻrnida qurilgan. Masjid 1990-yilning[1] 13-iyulida toʻqqizinchi Yang di-Pertuan Agong, Perak sultoni Azlan Shoh tomonidan rasman ochilgan.
Masjid | |
Al-Azim masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Hudud | Malakka |
Koordinatalar | 2°12′55″N 102°15′44″E / 2.21528°N 102.26222°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Malay meʼmorchiligi |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Al-Azim masjidi Vikiomborda |
Arxitekturasi
tahrirDavlat masjidi Malakka masjidi meʼmorchiligi asosida bunyod etilgan. Masjidning ichki qismi yaratilishida ham mahalliy taʼsirni sezish mumkin. Inshoot dizaynini yaratishda mahalliy Malakka malay arxitekturasidan foydalanilgan. Aziz Tapa ismli meʼmor masjidda arxitektura ishlarini bajargan arboblardan biri hisoblanadi. Masjidda maʼruza zali, auditoriya, idoralar, kafe va muzey mavjud boʻlib, bir vaqtning oʻzida 12 000 namozxonni sigʻdira oladi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „MASJID AL AZIM (MASJID NEGERI)“. 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-dekabr.
- ↑ Leong. „GO: Melaka mosques“ (en). NST Online (2017-yil 1-iyun). Qaraldi: 2020-yil 17-mart.