Al-Baha viloyati
Al-Baha viloyati (arabcha: ٱلْبَاحَة al-Bāḥah) – Saudiya Arabistonidagi viloyati. Hijoz mintaqasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Maydoni – 9,921 km2. Aholisi – 476 172 kishi (2017)[1]. Markazi – Al-Baha[2]. Mintaqada Al-Baha, Al-Mixva va Baljurashi kabi shaharlar joylashgan. Baljurashida Sūq as-Sabt (arabcha: سُوْق ٱلسَّبْت ٱ) nomi bilan mashhur anʼanaviy bozor mavjud, bu oʻzbekchaga „Shanba bozori“ oʻlaroq tarjima qilinadi. Baljurashi bozori juda qadimiy boʻlib, aniq yoshi nomaʼlum. Bozor bomdod namozidan keyin yoki mahalliy vaqt bilan ertalab soat 5 atrofida ochiladi. Bozor tushga yaqin yopiladi. Hududning turli burchaklaridan odamlar qoʻlda tayyorlangan buyumlarni sotib olish va sotish uchun kelishadi. Al-Baha viloyati ikki azd qabilalari: Gʻomid va Zahronning vatanidir[3].
| ||
Mintaqa | ||
---|---|---|
Tarkibida | Saudiya Arabistoni | |
Maʼmuriy markazi | Al-Baha | |
Amin | Hussam bin Saud Al Saud | |
Rasmiy tili | arab | |
Aholi | 476 172 kishi | |
Dinlar tarkibi | islom | |
Maydoni | 9921 km² | |
Rasmiy sayti | albaha.gov.sa | |
Xaritada | ||
20°0′0″N 42°0′0″E / 20.00000°N 42.00000°E |
Etimologiya
tahrirAl-Baha: suv[4], hovli uy, baland va serhosil palma daraxti kabi koʻp maʼnoga ega soʻz. Ertaklarda al-Zafir qal’asidagi nihoyatda chuqur tubsiz quduqqa ishora qiladi. „Ochiq joy“, „suv“ va „serhosil palma daraxti“ va „yoʻlning oʻrta chizigʻi“ degan maʼnoni anglatadi.
Aminlar
tahrir- Saud bin Abdulrahmon bin Turki Al-Sudairi (1962-1977)
- Ibrohim bin Abdulaziz Al-Ibrohim (1977-1987)
- Muhammad bin Saud Al-Saud (1987-2010)
- Mishari bin Saud bin Abdulaziz Al-Saud (2010-yil 28-avgust – 2017-yil 22-aprel)
- Hussam bin Saud bin Abdulaziz Al-Saud (2017-yil 22-aprel – hozir)
Geografiyasi
tahrirAl-Baha – viloyatning nomi, shuningdek, Gʻomid hududining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan asosiy shahri. Viloyat togʻlar, adirlar, tekisliklar, vodiylar va choʻllardan tashkil topgan. Bu hudud Hijozda, 41/42 E uzunliklari va 19/20 N kengliklari oʻrtasida joylashgan. Mintaqa maydoni 36 000 km² ga yaqin.
Yirik shaharlar
tahrir- Al Baha
- Baljurashi
- Al-Mandaq
- Al-Mixva
- Al-Aqiyq
Topografiyasi
tahrirMintaqa ulkan qoyali qirlar bilan ikkita asosiy sektorga boʻlingan. Gʻarbda qirgʻoq boʻyidagi Tihoma tekisligi, sharqda 1,500 m dan 2,450 m balandlikgacha balandlikdagi As-Saravot yoki Sarat togʻ tizmasi joylashgan.
Aholi
tahrirGeneolog Al-Baha aholisining aksariyati baʼzi tarixiy tabiiy hodisalardan soʻng Arabiston yarim orolidagi Hijoz janubidan koʻchib kelgan Azad Shenua qabilasidan ekanligini tasdiqlagan.
Al-Azad – arab qabilasi boʻlib, toʻrtta urug'dan kelib chiqqan 24 qabilaga boʻlingan: Azad Shenua, Azad Al-Sarat, Azad Gʻasson va Azad Aman. Al-Azad (yoki al-Assad) Dardaʼe bin al-Gʻot bin Nabt bin Molik bin Nasr al-Azadga berilgan unvon bo'lgan. Viloyat aholisi hozir 500 mingga yaqin. Koʻpchilik yaxshi yashash va taʼlim olish uchun yirik shaharlarga koʻchib oʻtgan.
Iqlimi
tahrirTopografiyaning oʻzgarishi mintaqaning iqlimiga taʼsir qiladi. Al-Sarat hududi bulutlar va tumanlarning paydo boʻlishiga zamin yaratdi va bu eas koʻpincha qishda Qizil dengizdan kelayotgan havo massalari tufayli sodir boʻladi. Bahor va yozda iqlim yumshoq va yoqimli. Tihoma hududidagi iqlim Al-Saratdagidan farq qiladi. Tihoma toʻlqinli qirgʻoq tekisligi boʻlib, yozda issiq, bahorda iliq va qishda yumshoq. Umuman iqlim qurgʻoqchil zonaga toʻgʻri keladi. Nisbiy namlik 52 % dan 67 % gacha, maksimal harorat 23 °C (73 °F) va minimal harorat 12 °C (54 °F) ga teng.
Galereya
tahrirIjtimoiy tuzilma
tahrirMintaqa aholisining ijtimoiy hayoti yaxshi shakllangan arab urf-odatlari va anʼanalaridan tashqari sunniy islomga asoslanadi. Har bir qabila boʻlimi yoki boʻlinmasining oʻz shayxi (sardori) bor.
Manbalar
tahrir- ↑ „Population Characteristics surveys“. The General Authority for Statistics (2017).
- ↑ „معلومات عامة عن مناطق المملكة العربية السعودية“. General Authority of statistics (2016-yil 25-fevral). 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
- ↑ Cuddihy, Kathy. An A to Z of Places and Things Saudi. London, the U.K.: Stacey International, 2001 — 6-bet. ISBN 978-1-9009-8840-7.
- ↑ Team. „تعريف و معنى باحة بالعربي في معجم المعاني الجامع، المعجم الوسيط ،اللغة العربية المعاصر - معجم عربي عربي - صفحة 1“ (ar). www.almaany.com. Qaraldi: 2018-yil 22-noyabr.
Havolalar
tahrirVikiomborda Al-Baha viloyati haqida turkum mavjud |