Fayyum
(Al-Fayyumdan yoʻnaltirildi)
Fayyum, Al-Fayyum — Misrdagi voha, Liviya choʻlining sharqiy qismidagi tektonik botiqda (dengiz sathidan 43 m pastda). Markaziy qismida Fayyum shahri joylashgan. Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari orqali Qohira shahri bilan bogʻlangan. Xurmozorlar bor. Dehqonchilikda paxta, sholi, donli ekinlar ekiladi. Toʻqimachilik, tamaki, oziq-ovqat, kunteri korxonalari bor. Fayyumda paleolit va neolit davriga oid manzilgoxlar, 1887-yilda Fayyum portretlari topilgan.
Fayyum | |
---|---|
29°27′13″N 30°34′51″E / 29.45361°N 30.58083°E | |
|
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |