Koordinatalari: 32°25′30″N 45°51′00″E / 32.425°N 45.85°E / 32.425; 45.85 G O

Gʻarraf kanali Shaṭṭ al-Hayy (Arabcha: شط الحي), shuningdek, Shaṭ al-Gʻarraf (Arabcha: شط الغرّاف) yoki Xay daryosi deb ham nomlangan, Iroqdagi qadimiy kanal boʻlib, Dajla daryosining Kut al-Amaradagi qismini Nosiriya sharqidan oʻtgan Furot bilan bogʻlaydi. Kanal boʻylab Usmonli (turk) pozitsiyasi joylashganligi sababli, Birinchi jahon urushi davrida, ayniqsa, Kut qamali vaqtida (1915-yil dekabrdan 1916-yil aprelgacha) shiddatli harbiy harakatlar boʻlib oʻtgan edi.

Qalat Sukkar hududidagi Gʻarraf kanali ustida qurilgan koʻprik

1934—1939-yillarda Dajlada daryoning suv darajasini nazorat qilish va Shatt al-Hayga doimiy suv oqimini taʼminlash uchun Kut dambasi qurilgan.

Birinchi jahon urushi tahrir

Turklar general Charlz Taunshend boshchiligida Kutni egallagan Britaniya imperiyasi qoʻshinlarini qurshab olib, qamal qildilar. Usmonli imperiyasi Gʻarraf daryosini qamalning bir qismi sifatida jiddiy nazorat qilgan. Qamal paytida Usmonlilar 1916-yil yanvar oyidagi Hanna jangi va mart oyidagi Dujaila jangida ingliz-hind birlashgan yordam kuchlarining yorib oʻtishga urinishlarini qaytardilar. Inglizlarning Kutni himoya qilishga qaror qilishining sabablaridan biri kanal turklar yoki Angliya-Hind kuchlari uchun Dajla va Furot oʻrtasidagi muhim nuqta hamda qoʻshinlarni tashish mumkin boʻlgan yoʻl deb koʻrilgani edi[1]. 1916-yil 20-mayga kelib inglizlar Dajlaning oʻng (janubiy) qirgʻogʻining Gʻarrafgacha boʻlgan gʻarbiy qismini bosib olib, ushbu hududni turk qoʻshinlaridan tozaladilar, lekin Qutni qaytarib olishga erishishmadi[2]. Inglizlar 1916-yil 13-dekabrda kanalning narigi tomoniga o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi[3]. Turklar 1917-yil fevralda Kutdan evakuatsiya qilinib, Bagʻdodga chekinishdi[4].

Manbalar tahrir

  1. Hart, Liddell. History of the World War 1914-1918. London: faber and faber, 1934 — 208 bet. 
  2. „On this day: 20 May 1916“. firstworldwar.com. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.
  3. „firstworldwar.com On this day 13 December 1916“. Qaraldi: 2016-yil 13-dekabr.
  4. „On This Day - 24 February 1917“. firstworldwar.com. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.