Al-Hussayniya al-Sughra madrasasi

36°47′40″N 10°10′21″E / 36.794367°N 10.172368°E / 36.794367; 10.172368

Al-Husayniya al-Sughra (arabcha: المدرسة الحسينية الصغرى) yoki Kichik Husayniylar madrasasi Tunis Madinasida joylashgan madrasadir.

Joylashuvi

tahrir
 
Turbet El Bey koʻchasining metall lavhasi

Madrasa Turbet El-Bey koʻchasi, 60-uyda, Husayniylar sulolasining kichik maqbarasi yonida joylashgan. Shu sababli madrasa Turbet El Fellari nomi bilan ham tanilgan.

Tarixi

tahrir

Bu Al-Husayn I ibn Ali taxtga oʻtirganidan bir necha yil oʻtib, Husaynlar davrida Tunis Madinasida qurilgan birinchi madrasa hisoblanadi[1]. Qurilish ishlari 1708-yilda boshlangan va 2 yil oʻtib tugallangan.

Talabalari

tahrir

Madrasa mamlakatning ichki viloyatlaridan kelgan 10 nafar molikiy talabalarni qabul qilgan. Ularning har birining oʻz xonasi boʻlgan. Ammo 20-asrga kelib talabalar soni ortib, 21 taga yetgan. Uning oʻz imomi va talabalarga dars beradigan shayxlari ham boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. الباجي, بن مامي، محمد. مدارس مدينة تونس: من العهد الحفصي الى العهد الحسيني، VII ه/Xااا م Xااا ه/XاX م (ar). وزارة الثقافة والمحافظة على التراث ؛, 2006. ISBN 978-9973-912-62-6.