Al-Majmaʼa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Al-Majmaʼa (arabcha: المجمعة) – Saudiya Arabistonining Riyod viloyatidagi shahar va gubernatorlik[1]. Shahar 30 ming kvadrat kilometr maydonga ega boʻlib, aholisi 45 000 nafar atrofida, gubernatorlik aholisi esa taxminan 97 349 kishini tashkil qiladi. Al-Majmaʼa gubernatorligi shimolda Sharqiy viloyati va Al-Qassim viloyati, janubda Sodigʻ va Shaqra, sharqda Ruma, gʻarbda Harma, Al-Ghat va Zulfi shaharlari bilan chegaradosh.
Al-Majmaʼa المجمعة | |
---|---|
Shahar | |
25°54′14″N 45°20′44″E / 25.90389°N 45.34556°E | |
Mamlakat | Saudiya Arabistoni |
Viloyat | Riyod viloyati |
Aholisi | 97,349 |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
|
Milodiy 1417-yilda Alshammariy qabilasidan boʻlgan muhojir tomonidan asos solingan Al-Majmaʼa shahri tarixda Sudayr mintaqasining poytaxti hisoblangan. Ushbu hudud Banu Tamim kabi qabilalar istiqomat qilgan Janubiy Sudayr shaharlariga nisbatan yaxshiroq hudud boʻlgan. Bugungi kunda shaharda muzey va XVIII asrga oid gʻishtdan yasalgan qal’a mavjud.
Shahar bahorda yashil rangga burkanadi, bu esa shaharni yanada jozibaliroq qilib koʻrsatadi. Afia sudayr supermarketi Al -Majmaʼada joylashgan mashhur supermarketlardan biri hisoblanadi. Hududda, asosan, palma daraxtlaridan iborat koʻplab shaxsiy fermalar mavjud, shuningdek, bu yerda boshqa turdagi, masalan, sitrus yoki rezavor meva va sabzavotlar ham oʻsishi mumkin.
Taniqli shaxslar
tahrir- Odil al-Jubayr – Saudiya tashqi ishlar davlat vaziri
- Shayx Abdulaziz at-Tuvayjriy – Milliy gvardiya boshligʻining sobiq oʻrinbosari
- Shayx Hamad Abdulloh Alsinoniy – Majmaʼa savdo palatasining sobiq rahbari
Manbalar
tahrir