Al-Mufaddal al-Abhariy
faylasuf (hakim), mantiqshunos va falakiyotshunos olim
Al-Mufaddal ibn Umar ibn al-Mufaddal al-Abhariy (Asiruddin) — faylasuf (hakim), mantiqshunos va falakiyotshunos olim bo‘lgan. U milodiy 1265-yil (hijriy 663-yil) vafot etgan.
Al-Mufaddal al-Abhariy | |
---|---|
Tavalludi |
??? |
Vafoti |
milodiy 1265-yil (hijriy 663-yil) |
Mashhur ishlari | faylasuf (hakim), mantiqshunos va falakiyotshunos olim |
Dini | Islom |
Asarlari
tahrir- „Hidoyatu-l-hikmat“ („Hikmat ilmidagi to‘g‘ri yo‘l“)
- „Tanzilu-l-afkor fi taʼdili-l-asror“ („Sirlarni o‘zgartirish haqidagi fikrlarning nozil bo‘lishi“)
- „Sharhu Isag‘uvchi“ („Isag‘uchi risolasi“ga sharh"). So‘nggi ikki asar mantiq ilmiga oid.
- „Diroyatu-l-aflok va-z-zijish-shomil“ („Falak va yalpi zij sirlarini anglash“)
- „Kashfu-l-haqoiq fi tahriri-d-daqoiq“ (Falsafa ilmidagi „Nozik masalalarni tahrir qilishga oid haqiqatlarning kashf etilishi“)
- „al-Majistiy fi-l-hayʼat“ („Falakiyot ilmi haqidagi Almagest risolasi“)
- Falak ilmi va moʻtadil zij haqidagi uchta risola[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 111-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |