Al-Muzaffar al-Abbodiy

vaʼzxon, elchi

(Abu Mansur) Al-Muzaffar ibn Ardasher ibn al-Abbodiy (hijriy 491-yil (milodiy 1098-yil) tugʻilib, 547-hijriy yilning rabiulavval oyi (milodiy 1152-yil)da Askar Mukram degan joyda vafot etgan). 

Al-Muzaffar al-Abbodiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1098-yil (hijriy 491-yil)
Vafoti milodiy 1152-yil (hijriy 547-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi vaʼzxon, elchi

Hayoti

tahrir

Al-Muzaffar al-Abbodiy go‘zal vaʼzlari bilan shuhrat qozongan, iboralarining mazmundorligi va shirinsuxanligi bilan dong taratgan vaʼzxon. Hatto uning minbardan so‘zlaydigan fasohatli va yoqimli nutqi xususida masalalar to‘qigan edilar. Nishopurda ko‘p hadis eshitgan. Sahih hadislardan yaxshi xabardor bo‘lgan. U sultonning Bag‘doddagi elchisi bo‘lgan. U o‘z dinida sobitqadam bo‘lmagan bir kishi edi. Xamrga nisbatan emin-erkinlik haqida bir risola ham yozgan edi.

Vafoti

tahrir

Al-Muzaffar al-Abbodiy elchi sifatida Bag‘doddan ketgan bo‘lib, hijriy 547-yilda vafot etadi va tobuti Bag‘dodga keltirilib, ash-Shuvayniziya qabristoniga dafn qilingan. Qabri ko‘k g‘ishtlar bilan qoplangan edi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 110-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.