Al-oraz
Al-oraz (arab. — chehra, koʻrinish) — oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasida aksidensiya maʼnosida qoʻllangan tushuncha. Javhar (substansiya) narsa va hodisalarning moddiyligini, asliy substansional hislatlarini ifodalash va shuning zaminida ularning abadiy-ligi, yoʻqolmasligining asosi sifatida talqin etilgan boʻlsa, Al-o. narsalarning oʻzgaruvchan moddiy hislatlari — rangi, boʻyi, eni, shakli kabilarni ifodalagan. Mas, kursining yogʻochi, taxtasi javhar boʻlsa, koʻrinishi, boʻyogʻi kabilar orazi hisoblangan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |