Alajaxyoyuk — Boʻgʻozkoʻy qishlogʻidan (Markaziy Anadolu, Turkiya) shimolroqdagi tepalik. Arxeologik qatlamlar topilgan (mil. av. 4-3- ming yillik — mil. av. 7-6-asrlar). Ilk jez davri (mil. av. 3-ming yillik)ga oid nihoyatda boy nekropol ochilgan. Undan qimmatbaho idishlar, qurol-yarogʻ, marosim buyumlari, bezaklar hamda xettlar davriga oid mahobatli mudofaa devori qoldiqlari topilgan, devordagi darvozalarga sfinkslar shakli tushirilgan. Tepalikda ibodatxona va boshqa meʼmoriy inshootlar xarobalari ham saqlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil