Alaliya

bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻidagi nutq zonalarining chala rivojlanishi yoki zararlanishi sababli bolalarning tilga kirmasli-gi yoki tuzuk soʻzlay olmasligi

Alaliya (yun. a — inkor qoʻshimchasi va lalia — nutq) — bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻidagi nutq zonalarining chala rivojlanishi yoki zararlanishi sababli bolalarning tilga kirmasli-gi yoki tuzuk soʻzlay olmasligi. Bola bo-shining ona qornidaligida yoki tugʻilish chogʻida jarohatlanishi, shuningdek goʻdaklik davrida ogʻir kasalliklar bilan ogʻrishi va boshqa A.ga sabab boʻladi. A.da bola nutqi uzoq vaqt rivojlanmaydi: 5-7 yoshgacha, baʼzan 10-12 yoshgacha bolaning tili chiqmaydi. A.ning motor va sensor xillari bor. Sensor A. kamdan-kam, mo-290tor A. esa xiyla koʻp uchraydi. Motor A. da bola kam va notoʻgʻri gapiradi, unga qaratilgan nutqni tushunadi. Ayrim to-vushlarni talaffuz qilgani bilan tovush birikmalarini oʻzlashtira olmaydi, bu-tun soʻz oʻrniga uning bir qismini aytadi (mas, mushukni „mu“ deydi) va hokazo Sen-sor A.da bola atrofdagilarning nutqini yomon tushunadi yoki mut-laqo tushunmaydi. Bunda bola nutqining nihoyatda buzilishi ulgʻaygan sari ruhiy taraqqiyotda ham oʻz tengdoshlaridan ortda qolishiga sabab boʻladi. A.ga yoʻliqqan bolalar maxsus maktablarda alohida usul bilan oʻqitiladi. Natijada, garchi uzoq vaqt da-vomida boʻlsa ham, ularning koʻplari (mo-tor A.ga yoʻliqqanlari) nutqi tuzalib, odatdagi maktablarning oʻquv dasturini oʻtadilar.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil