Alam (arabcha – alomat, belgi, nishona) – 1) yalov, tugʻ (bayroq); 2) aziz-avliyolar mozorida, qadamjolarida oʻsgan daraxtlarga osiladigan har xil (koʻpincha oq) lattalar. Oʻldirilgan kishilar qabrida tayoqqa osilgan latta ham alam deyiladi. Alam joy nomlari tarkibida koʻp uchraydi (Alamlisoy, Xoʻjaalambardor va b.); 3) Eronda har yili oʻtkaziladigan bayram. Dindorlar eʼtiqodiga koʻra, avliyo Imom Rizo besh oʻgʻli bilan haj qilish uchun Makkaga ketayotganda yoʻlda qaroqchilar ularni oʻldiradilar. Har yili xalq shu kunni xotirlash maqsadida Alam – rasm tushirilgan bayroq koʻtarib koʻchaga chiqadi. Mis yoki birinj (bronza) dan quyilgan besh panjali (besh avliyoni ifodalovchi) Alam shu marosim asosida paydo boʻlgan; 4) naqqoshlar madoxilsimon naqsh ijod qilib, uni alam deb nomlaganlar. Buxoroda birinchi boʻlib naqqosh Mirhamid mis laganlarga alamni zarb qilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil