Alamkash (taxallusi; asl ismi Ubaydullo Islom oʻgʻli) (1846 — hozirgi Gʻallaorol tumani, Qizilqoʻrgʻon qishlogʻi — 1924) — shoir, xattot, tar-jimon. Oʻz qishlogʻida maktab ochib, shu maktab oʻquvchilari uchun hisob ilmiga oid darslik tuzgan. A.ning 100 dan ortiq sheʼrdan tarkib topgan qoʻlyozma asari, 250 dan ortiq sheʼrni oʻz ichiga olgan devoni va mat.ga oid asari bizga-cha yetib kelgan. A. „Chor kitob“ni fors-chadan oʻzbekchaga erkin tarjima qilgan (1898). Asar Toshkentda toshbosmada 3-marta qayta nashr etilgan (1910, 1913, 1914). Devoni qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. № 11306) saqlanadi.291

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil