Alan Mannus (inglizcha: Alan Mannus;) — Shimoliy Irlandiyalik futbolchi, „Shemrok Rovers“ jamoasi darvozaboni sifatida faoliyat yuritadi. 2016-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi hisoblanadi .

Alan Mannus Futbol
To`liq ism sharifi

Alan Mannus

Tug`ilgan

19-may 1982-yil(1982-05-19) (40yosh)

Fuqaroligi

Flag Severnoy Irlandii Shimoliy Irlandiya

Bo`yi

188 cm

Vazni

91 kg

Pozitsiyasi

Darvozabon

Klub haqida ma'lumotlar
Klub

Flag Irlandii Shemrok Rovers

Raqam

1

Jamoalardagi faoliyati
2000—2009 Flag Severnoy Irlandii Linfild 211 (1)
2000 Flag Severnoy Irlandii Larn 1 (0)
2001 Flag Severnoy Irlandii Karrik Reyndjers 9 (0)
2009—2011 Flag Irlandii Shemrok Rovers 69 (0)
2011—2018 Flag Shotlandii Sent-Djonston 192 (0)
2018—h.k. Flag Irlandii Shemrok Rovers 87 (0)
Milliy terma jamoada
2004 Flag Severnoy Irlandii Shimoliy Irlandiya (U23) 1 (0)
2004—2016 Flag Severnoy Irlandii Shimoliy Irlandiya 9 (0)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Mannus faoliyatini „Linfild“ klubida boshlagan. 2002-yilda u Shimoliy Irlandiya chempionatida jamoa uchun debyut qilgan va deyarli darhol asosiy darvozabon oʻrnini egalladi, bungacha Mannus Larn va Kerrik Reynjers klublarida ijara asosida oʻynagan. 2003-yilda „Omag Town“ga qarshi oʻyinda Alan avtogol muallifi boʻlgan[1][2]. Oktabr oyi oxirida u oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlandi[3]. 2004-yilda Mannus „Lindfild“ bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirgan[4]. 2007-2008-yilgi mavsumda Alan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[5][6]. Klub bilan u besh marta Shimoliy Irlandiya chempionatida gʻolib chiqdi, shu bilan birga, toʻrt marta mamlakat kubogini va ikki marta Liga kubogini qoʻlga kiritdi. Lindfilddagi to‘qqiz yillik faoliyati davomida Mannusga Angliyaning „Everton“ va „Donkaster Rovers“ hamda Shotlandiyaning „Motherwell“ klublari qiziqish bildirishgan[7][8].

2009-yilda Alan Irlandiyaning „Shemrok Rovers“ jamoasiga oʻtgan[9]. 22-avgust kuni u Irlandiya chempionatida „Dundalk“ga qarshi debyut qilgan[10]. 2010-yilda Mannus klubga chempionlikni qoʻlga kiritishda yordam berdi hamda yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga nomzod boʻldi, shu bilan birga eng yaxshi darvozabon deb topilgan[11][12].

2011-yilda Alan erkin agent sifatida Shotlandiyaning „Sent-Jonston“ klubiga oʻtdi [13]. U Piter Enkelmanning oʻrnini egalladi, birorq Finlandiya darvozaboni „Dandi United“ga qarshi oʻyinda beshta gol oʻtkazib yuborgach, Mannus darvozadan joy olgan[14]. U Shotlandiya Premer-ligasida debyutini 19- fevral „Aberdin“ga qarshi oʻtkazdi. 2014-yilda Alan Sent-Jonstonga Shotlandiya kubogini yutishda yordam bergan[15]. 2018-yilning yozida Mannus Shemrok Roversga qaytgan.

Xalqaro martabasi tahrir

2004-yilda Mannus Shimoliy Irlandiya terma jamoasi safida Trinidad va Tobagoga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.

2016-yilning yozida Alan Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Ammo turnirda u zaxiradan maydonga tushmagan.

Jamoa oʻyinlari tahrir

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy yutuqlari tahrir

„Linfild“ tahrir

  • Futbol chempionati Shimoliy Irlandiya: 2000-2001, 2001-2002, 2003-2004, 2005-2006, 2006-2007, 2007-2008
  • Shimoliy Irlandiya kubogi gʻolibi: 2001-2002, 2005-2006, 2006-2007, 2007-2008
  • Liga kubogi gʻolibi: 2005-2006, 2006-2007

„Shemrok Rovers“ tahrir

  • Irlandiya futbol chempionati: 2010, 2011, 2020, 2021
  • Irlandiya kubogi gʻolibi: 2019-yil

„Sent-Jonston“ tahrir

  • Shotlandiya kubogi sohibi: 2013-2014

Shaxsiy yutuqlari tahrir

  • Shimoliy Irlandiyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2007-2008
  • Irlandiya chempionatining eng yaxshi darvozaboni: 2010-yil

Manbalar tahrir

  1. „Alan Mannus talks about 'that' goal“. 2007-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 5-iyun.
  2. „Keeper scores in Blues win“. BBC Sport (2003-yil 25-oktyabr). 2014-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-iyun.
  3. „Keeper Mannus lifts award“. BBC Sport (2003-yil 9-noyabr). 2014-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-iyun.
  4. „Irons makes Linfield exit“. BBC Sport (2004-yil 27-may). Qaraldi: 2014-yil 5-iyun.
  5. „Mannus is footballer of the year“. BBC Sport (2008-yil 24-aprel). 2008-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-iyun.
  6. „Mannus Worthy of Ulster award“. Belfast Telegraph (2008-yil 25-aprel). 2014-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-iyun.
  7. „Mannus is possible Everton target“. BBC Sport (2005-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 5-iyun.
  8. „Rovers on a Mannus watching brief“. BBC Sport (2005-yil 15-aprel). Qaraldi: 2014-yil 5-iyun.
  9. „Mannus joins Hoops“. Shamrock Rovers. 2014-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 4-avgust.
  10. „Шемрок Роверс VS. Дандолк 2:2“ (ru). soccerway.com (2009-yil 22-avgust). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-dekabr.
  11. „Ryan scoops PFAI award“. Irish Independent (2010-yil 8-noyabr). 2014-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-iyun.
  12. „Sligo boss Cook lands top award“. Irish Independent (2012-yil 29-noyabr). 2011-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-dekabr.
  13. „St Johnstone sign keeper Mannus from Shamrock Rovers“. BBC Sport (2011-yil 21-iyul). 2011-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-dekabr.
  14. Haggerty, Anthony. „St Johnstone boss Steve Lomas admits he may change goalkeeper after Peter Enckelman shocker“. Daily Record (2012-yil 12-fevral). 2014-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-iyun.
  15. „Абердин VS. Сент-Джонстон 0:0“ (ru). soccerway.com (2011-yil 19-fevral). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-dekabr.