Alan Olav Walker (1997-yil 24-avgustda tugʻilgan) – britaniyalik-norvegiyalik DJ, YouTuber va ovoz yozish prodyuseri, 14 mamlakatda platina sertifikatiga ega boʻlgan, ommaboplashib ketgan „Faded“ (2015) qoʻshigʻi bilan tanilgan. Shuningdek uning YouTubeʼda „Sing Me to Sleep“, „Alone“, „Darkside“ va „On My Way“ kabi bir qancha qoʻshiqlari millionlab koʻrishlarni qoʻlga kiritgan.

Alan Olav Uoker

2016-yilda Uoker
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 24-avgust 1997
Fuqaroligi Bergen, Norvegiya
Janr trap, elektro, elektropop, future bass
Faoliyat yillari 2012-hozirgacha
Veb-sayt alanwalker.com

2017-yil boshida Walkerning kanali Norvegiyada roʻyxatga olingan eng koʻp obunachi toʻplagan YouTube kanali sifatida paydo boʻldi, 2022-yil iyun holatiga koʻra u 42 million obunachiga ega. Shuningdek, u norvegiyalik ijodkorlar orasida YouTube tarmogʻidagi koʻrishlar soni boʻyicha yuqori oʻrinlarda turadi va 2022-yil 10-iyun holatiga koʻra jami taxminan 11,5 milliard koʻrishlar soniga ega.

Yoshligi tahrir

Alan Olav Walker 1997-yil 24-avgustda Angliyaning Nortgempton shahrida ingliz-shotland britaniyalik Filip Alan Walker va uning norvegiyalik rafiqasi Hilde Omdal Walker oilasida tugʻilgan. Natijada, unga Buyuk Britaniya va Norvegiyaning ikki fuqaroligi berildi[1][2][3].

U oʻzi tugʻilgan shaharda yaʼni Angliyada dunyoga kelgan Kamilla ismli katta opasi va Norvegiyada tugʻilgan Andreas ismli ukasi bilan katta boʻlgan. Ikki yoshida oilasi bilan Bergenga koʻchib oʻtadi. Keyinchalik Uokerning kompyuterga boʻlgan qiziqishi ortdi. Grafik dizayn va zamonaviy musiqalar yasashni chuqurroq oʻrgana boshladi. Dastlab unda musiqa yasash borasida hech qanday bilim yoʻq edi. Soʻng u YouTube darsliklarini tomosha qilish orqali oʻrgandi[4].

Faoliyati tahrir

2012–2016: Karyera boshlanishi va gʻalaba tahrir

2012-yilda Walker italiyalik DJ David Whistle (DJ Ness nomi bilan ham tanilgan) qoʻshigʻini tinglayotgan edi va musiqasini qanday ishlab chiqarganini bilish uchun unga murojaat qildi. U oʻz musiqasini FL Studio yordamida noutbukda yasay boshladi. 2012-yil iyul oyida internetdagi muxlislarining yordami va fikr-mulohazalari bilan u oʻzining musiqiy prodyuserlik karyerasini davom ettirdi va asta-sekin oʻz musiqasini YouTube va SoundCloud-ga joylashtira boshladi. 2014-yilda debyut qoʻshigʻini chiqarishdan oldin DJ Walkzz nomi bilan tanilgan.

Uoker „Fade“ trekini 2014-yil 17-avgustda chiqardi. Trek 2014-yil 19-noyabrda NoCopyrightSounds’da rekord yorligʻi orqali chiqarilganidan soʻng yanada koʻpchilikning eʼtiborni tortdi. Walkerning taʼkidlashicha, trekning yaratilishida K-391 va Ahrix’dan ilhomlangan. Bu trek YouTubeʼda 400 milliondan ortiq koʻrilgan, Spotify’da 115 million marta eshitilgan. Keyinchalik „Spectre“ va „Force“ treklari 2015-yilda paydo boʻldi[5][6].

Uoker Sony Music Sweden korporatsiyasi ostida MER Musikk bilan shartnoma tuzdi va oʻzining navbatdagi „Faded“ qoʻshiqini „Fade“ ning qayta ishlangan vokal versiyasini chiqardi. U 2015-yil 8-dekabrda chiqarildi hamda unda nomaʼlum pop qoʻshiqchisi Iselin Solxaym ishtirok etdi. Qoʻshiq Avstriya, Germaniya, Shveytsariya va Shvetsiya davlatlarida yil yakunlari boʻyicha chartlarda, 33 mamlakatda iTunes chartlarida birinchi oʻrinni egalladi, shuningdek, Spotify Global Chart-da top 10 talikka kirdi. YouTubeʼdagi musiqiy video 3,2 milliarddan ortiq koʻrish va 25 million „layk“ga ega boʻlib[7], qoʻshiq eng koʻp yoqtirilgan YouTube videolari 10 taligiga kiritildi. U Spotify’da 1,1 milliarddan ortiq eshitilgan hamda 2016-yilda eng koʻp Shazam qilingan 10 ta trekdan biridir[8].

Walker oʻzining musiqiy karerasini davom ettirish uchun yanvar oyida oʻrta maktabni tark etdi. 27-fevralda Walker Osloda boʻlib oʻtgan qishki X Games oʻyinlarida oʻzining debyutini oʻtkazdi. U yerda Iselin Solxaym bilan birgalikda „Faded“ qoʻshigʻini va bundan tashqari 15 ta trekni ijro etdi[9][10]. Mart oyigacha Walker jami 30dan 40 tagacha qoʻshiqlar yaratdi, biroq „Faded“ oʻzining birinchi Sony Music Sweden bilan yaratgan va bunday global muvaffaqiyatga erishgan, katta tezlikda ommalashib ketgan qoʻshigʻi boʻldi. 7-aprel kuni Walker Germaniyadagi Echo mukofotlari marosimida Zara Larsson bilan hamkorlik qildi. Ular birgalikda bir-birlarining „Faded“ va „Never Forget You“ qoʻshiqlarini ijro etishdi [11].

„Sing Me to Sleep“ qoʻshigʻi 3-iyun kuni chiqdi, unda Iselin Solxaym ishtirok etdi, xuddi „Faded“dagi kabi. Qoʻshiq 7 mamlakatda iTunes chartlarida birinchi oʻrinni egalladi. Uning YouTubeʼdagi musiqiy videosi 671 milliondan ortiq koʻrildi[12] va Spotify’da 250 million tinglandi. Oʻsha yilning 2-dekabrida „Alone“ deb nomlangan yana bir qoʻshigʻini taqdim etdi. Bu shved qoʻshiqchisi Nooni Baoni bilan hamkorlikda yaratildi. YouTubeʼdagi musiqiy video 1,2 milliarddan ortiq koʻrildi, trek Spotify’da ham 390 milliondan ortiq ijro etildi [13].

 Walkerning menejeri va qo’shiq matni muallifi Gunnar Greeve:
 “Bu Alanning uchinchi singli va Faded, Sing Me va Alone trilogiyasining yakuniy qismi.”[14]

21-22-dekabr kunlari Walker oʻzining tugʻilgan shahri Bergendagi USF Verftet kafesida „Alan Walker is Heading Home“ kontsertini oʻtkazdi. U yerda Anjelina Jordan, Marius Samuelsen, Aleksandra Rotan, Yosef Volde-Mariam Uoker bilan birgalikda 16 ta qoʻshiqlarni ijro etdi[15]. Konsert rasman YouTube’da jonli efirga uzatildi. U bir nechta nashr etilmagan treklarni, jumladan "Sing Me to Sleep" ning qayta ishlangan versiyasini hamda "Heading Home" qo'shig'ining premyerasi bo'ldi. Konsert davomida uning avvalgi “Spectre” trekining remaster(qayta ishlangan) qilingan versiyasi bo‘lgan “The Spectre” qo‘shig‘i ham ijro etildi.

23-dekabr kuni Walker ikki kun oldin Bergendagi kontsertida va "Walker Tour"dagi ba'zi kontsertlarida premyerasi bo'lgan "Rutine" qo’shig’i uchun videoni chiqardi. Qo’shiq Devid Whistle bilan hamkorlikda yaratilgan. Uning YouTube’dagi musiqiy videosi 66 milliondan ortiq ko‘rildi[16] va Spotify’da 47 million tinglandi.

2017–hozirgi kungacha: „Different World“, „World of Walker“, „Walkerverse The Tour“ va boshqa loyihalar tahrir

2017-yil boshida Walkerning YouTube kanali taxminan 4,5 million obunachidan oshib, Norvegiyada roʻyxatdan oʻtgan eng koʻp obuna boʻlingan kanalga aylandi. 2022-yil iyun holatiga koʻra Norvegiyalik YouTuberlar orasida eng koʻp koʻrishlar soniga yetdi va bu koʻrsatkichni 2020-yildan buyon tushirmay kelmoqda[17]. Fevral va aprel oylari orasida u Amerika boʻylab gastrollarda boʻldi, jumladan Texasdagi Eyforiya festivalida qatnashdi[18]. 2019-yilda Alanning „Diamond Heart“ klipi Berlin Music Video Awards marosimida „Eng yaxshi operatorlik ishi“ nominatsiyasini oldi[19]. Uning Ruben ishtirokidagi Heading Home uchun musiqiy videosi festivalning 2021-yilgi Silver Screenings tanlov roʻyxatida paydo boʻlgan.

2021-yil 26-noyabrda Alan Walker oʻzining „World of Walker“ nomli ikkinchi studiyaviy albomini chiqardi, u 15 ta trekdan iborat boʻlib, asosan elektropop va EDMda yaratilgan[20]. 2022-yil Alan Walker oʻzining „Walkerverse The Tour“ deb nomlangan gastrol kansertlarini berdi.

Alan Walker bilan hamkorliklar va boshqalar tahrir

2021-yilda Alan Walker Republic Of Gamers bilan hamkorlikda Alan Walker x ROG Launch noutbukini chiqarishdi. Noutbuk klaviaturasida „A“ va „W“ harflariga Alan Walkerning logosi tushurilgan.

2021-yilda Alan Walker PUBG mobile bilan homiylik qildi va PUBG mobile oʻyinida oʻz kiyimini joriy qildi. Bundan oldin ham 2019-yil PUBG bilan homiylik qilgandi va oʻz kliplarida PUBG ni koʻrganmiz.

Manbalar tahrir

  1. „Alan Walker yuzini ochdi(Vlog)“.
  2. „Alan Walker’s life“. indipu.in. Qaraldi: 6-aprel, 2020-yil.
  3. „Top 100 DJs“. DJMag.com. Qaraldi: 2022-yil 23-aprel.
  4. „Alan Walker musiqalar yasashi haqida“. DJMag.com. Qaraldi: 9-iyun, 2022-yil.
  5. „Fade - Alan Walker“. YouTube.com. Qaraldi: 8-iyun,2022-yil.
  6. „Alan Walker tracks“. Spotify.com.
  7. „Alan Walker - Faded“. Youtube.com.
  8. „Alan Walker, 18 years old behind that “Faded” song“. Mashable.com.
  9. „Alan Walker at X Games“. YouTube.com. Qaraldi: 11-iyun,2022-yil.
  10. „Alan Walker X Games Oslo(2016)“. LiveTrack.com. Qaraldi: 11-iyun, 2022-yil.
  11. „Zara Larsson and Alan Walker(ECHO 2016)“. YouTube.com.
  12. „”Sing me to sleep” - Alan Walker“. YouTube.com. Qaraldi: 2016-yil.
  13. „Alone - Alan Walker“. youtube.com. Qaraldi: 11-iyun, 2022-yil.
  14. „The making of Alone - Alan Walker“. youtube.com. Qaraldi: 10-iyun, 2022-yil.
  15. {{Veb manbasi|url=http://www.livetracklist.com/alan-walker-is-heading-home-bergen-norway-2016/ | website=LiveTracklist.com | title=Alan Walker is Heading Home Bergen, Norway 2016 | accessdate=22-dekabr, 2016-yil| access-date=9-iyun, 2022-yil
  16. „Alan Walker x David Whistle - Routine“. YouTube.com. Qaraldi: 10-iyun, 2022-yil.
  17. „Most subscribed Norway YouTubers“. SocialBlade.com.
  18. „ALAN WALKER ANNOUNCES 2017 U.S. SHOWS - RCA Records“. RCArecords.com.
  19. „BERLIN MUSIC VIDEO AWARDS 2019 NOMINEES“. BerlinMVA. Qaraldi: 1-aprel, 2019-yil.
  20. „Alan Walker Releases His New Album 'World Of Walker' - RCA Records“. RCARecords. Qaraldi: 26-noyabr, 2021-yil.

Havolalar tahrir