Aland orollari, Axvenanma — Boltiq dengizida, Botnik qoʻltigʻiga kiraverishda; 6,5 mingdan ortiq granit orol (bal. 132 m gacha) va qoyalardan iborat. Finlandiya tarkibida. Maydoni 1,5 ming km². Aholisi 25 ming kishi chamasida. Yer yuzasi sertepa. Iqlimi moʻ’tadil, dengiz iqlimi. Yillik yogʻin 550 mm. Aralash oʻrmonlar, butazorlar va oʻtloqlar bor. Baliq ovlanadi, dengiz ku-rortlari mavjud. Aland orollari 1809-yilgacha Shvesiya tasarrufida, soʻngra (1917-yil dekabrgacha) Rossiya hukmronligida boʻlgan. 1921-yilda Millatlar Ligasi Kengashi Finlandiyaning Aland orollari ustidan suverenitetini tan oldi. 1921-yilgi Jeneva konvensiyasiga muvofiq Aland orollari demilitarizatsiya qilingan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng yangidan demilitarizatsiya qilindi (1947).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil