Bosh menuni ochish

Alangalanish – yonishni vu-judga keltiruvchi jarayon; yonuvchi moddaning biror issiqlik manbai (alanga, qizigan jism, elektr uchquni) ta’sirida o‘t olib, yolqinlanib yonishi. A. yonilg‘ining o‘z-o‘zidan o‘t olishidan farq qiladi; tashqi manba ta’sirisiz qizib o‘t olish o‘z-o‘zidan A. deyiladi. Mac, suyuqliklarda A. ikki bosqichda kechadi, dastlab suyuqlik bug‘lanadi, keyin yana qizdirilsa, bug‘-havo aralashmasi hosil bo‘lib alangalanadi. Suyuklikning alangalanishi uchun yetarli past temperatura A. temperaturasi deyiladi. A. temperaturasi yonilg‘ining 292o‘z-o‘zidan A. temperaturasidan birmuncha yuqori bo‘ladi. Yopiq idishdagi yonilg‘ining A. temperaturasiga qarab suyuq yonilg‘ilar o‘t olish xavfi jihatidan sinflarga bo‘linadi va shunga yarasha alangalanmaslik chora-tad-birlari ko‘riladi (qarang Yonish).

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil