Alarix I (taxminan 370-410 yillar oxiri) — vestgotlar qiroli (395 yildan). Frakiyaga bostirib kirgan, Afinani egallagan, Korinf, Argos, Spartani vayron qilgan. Sharqiy Rim imperiyasi imperatori Arkadiy Alarix bilan sulh tuzib (396), unga Illirikdagi armiya magistri unvonini bergach, vestgotlar federatlar sifatida Illirikka kelib joylashgan. 401 yil Alarix Italiyaga bostirib kirgan, biroqvandallarpyan boʻlgan rim sarkardasi Stilixon uni chekinishga majbur qilgan. 408 yil Alarix yana Italiyaga bostirib kirib, Rimni 3 marotaba qamal qilgan (qad. muarrixlar qamaldagi Rimdan Alarix armiyasiga koʻplab qullar qochib oʻtganligi haqida xabar berishadi); 410 yil 24-avgustdaAlarix Rimni olib, uch kun davomida talon-toroj qilgan. Rimning varvarlar tomonidan ilk marta olinishi (gʻallarning mil. av. IV asrda Italiyaga qilgan istilosidan keyin) zamondoshlarda katta ta-assurot qoldirgan; bu gʻalaba varvarlar tomonidan Gʻarbiy Rim imperiyasining uzil-kesil bosib olinishining boshlanishi edi. Alarix Janubiy Italiyada Sitsiliya va Afrikaga yurish qilishga tayyorgarlik koʻrayotib vafot etgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil